Budjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi: budjet tizimining yagonaligi; budjet tizimining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; budjet tizimi budjetlarining balansliligi va oʻzaro bogʻliqligi; budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish; budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning aniq yoʻnaltirilganligi va maqsadlilik xususiyati; budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi; budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning natijadorligi; kassaning yagonaligi; budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; ochiqlik.