Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi hujjat boʻlib, ushbu yoʻnalishlar asosida Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Budjetnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozini; Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini; yangilangan Fiskal strategiyani; prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari hamda xarajatlarining loyihasini va kelgusi ikki yil uchun budjet moʻljallarini; sohalar boʻyicha rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari, vazifalari, sifat va miqdor koʻrsatkichlarini; davlat qarzining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablagʻlarining yillik cheklangan miqdorini.