Davlat boji toʻgʻrisida 14-modda. Konsullik yigʻimini toʻlashdan ozod qilish

Konsullik yigʻimini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining konsullik yigʻimlarini undirishdan voz kechish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomasi mavjud boʻlsa, chet ellik fuqarolar; 2) repatriatsiya ishlari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar; 3) chet ellik fuqarolar chet el diplomatik pasportlariga oʻzarolik asosida viza qoʻyish chogʻida; 4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mehnat staji, ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi va alimentlar undirish haqidagi ishlarga doir hujjatlarni soʻrab olish va legallashtirish chogʻida; 5) chet davlatlarning belgilangan tartibda akkreditatsiyadan yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining vakolatxonalari, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari hamda filiallari xodimlari (ularning oila aʼzolari); 6) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan matbuot vakillari (ularning oila aʼzolari); 7) insonparvarlik yordamini kuzatib keluvchi chet ellik fuqarolar; 8) oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalar; 9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek budjet tashkilotlarining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi chet ellik fuqarolar, agar kontrakt shartlariga koʻra viza olish bilan bogʻliq xarajatlar qabul qiluvchi tarafning zimmasiga yuklatilgan boʻlsa; 9¹ ) Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar ularning yoʻqolgan hujjatlarini yoxud qonunchilik hujjatlarida