Davlat boji toʻgʻrisida 21-modda. Konsullik yigʻimini undirishning oʻziga xos xususiyatlari

Konsullik yigʻimi konsullik harakatlari amalga oshirilguniga qadar toʻlanadi. Konsullik yigʻimlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi. Konsullik yigʻimlarining toʻlangan summalari qaytarilmaydi. Konsullik yigʻimlari summalarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga, shuningdek xorijda toʻlangan yigʻimlarni Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maxsus bank hisobvaraqlariga hisoblab chiqarish, undirish va hisobga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Konsullik yigʻimlarining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.