Har qanday davlat xizmatini olish, shu jumladan litsenziya, ruxsatnoma olish, davlat roʻyxatidan oʻtish va boshqa xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda murojaat etilganda davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki xizmat koʻrsatuvchi organlarga bevosita murojaat etilgan taqdirda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.