Ijtimoiy himoya yagona reyestrida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish chogʻida qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha ellik foizli chegirma qoʻllaniladi, bundan tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilish hollari mustasno.