Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun davlat boji dalolatnomalarni roʻyxatda qayd etish chogʻida, takroriy guvohnomalar berganlik uchun esa ular berilayotganda toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini, fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatini berganlik uchun, shuningdek chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi ID-karta berganlik uchun, yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat boji tegishli hujjatlar olinguniga qadar, fuqarolik masalalariga doir arizalardan esa bunday arizalar berilguniga qadar toʻlanadi. Xorijdan kirish va xorijga chiqish huquqiga doir hujjatlarni, chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomalardan yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlardan davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi. Xorijga xizmat safariga yuborilgan xodimlar bilan birgalikda ularning xotini va bolalari xizmat safarining butun muddatiga safarga borganida davlat boji xizmat safariga yuborilganlarning oʻzidan undirilganligi kabi tartibda va miqdorlarda undiriladi. Oila aʼzolari xorijga xizmat safariga yuborilgan shaxsning oldiga mehmon boʻlib oddiy safarga borganida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi. Chet ellik fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vizalar berganlik uchun davlat boji, har bir shaxsga alohida viza yoki bir nechta shaxsga umumiy viza berilayotganligidan qatʼi nazar, oʻn olti yoshga toʻlgan har bir shaxsd