Davlat boji toʻgʻrisida 30-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: davlat bojini budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga taqsimlash masalasini oʻrganish yakunlariga koʻra 2020-yil 1-iyunga qadar boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga davlat boji taqsimlanishini yanada takomillashtirishga doir takliflar kiritsin; hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.