Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ILOVA Davlat boji stavkalarining 1. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga beriladigan: a) mulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalaridan daʼvo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda b) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan daʼvo arizalaridan BHMning 1 baravari Izoh . Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilganda ushbu bandning “e” va “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan, belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydi. v) nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan BHMning 2 baravari g) takroriy nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan BHMning 4 baravari Izoh . Nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk boʻlingan taqdirda, boj “a” kichik bandiga muvofiq daʼvoning bahosiga muvofiq belgilanadi. d) bedarak yoʻqolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan BHMning 2 foizi e) turar joylar ijarasiga doir shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan, mol-mulkni xatlovdan chiqarish toʻgʻrisidagi va mulkiy xususiyatga ega boʻlmagan (yoki baholanmaydigan) boshqa daʼvo arizalaridan BHMning 2 baravari j) alohida koʻriladigan ishlarga doir arizalardan BHMning 1 baravari Izoh . Otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tugʻilganligi, tugʻilgan vaqti faktlarini aniqlash haqidagi, shuningdek jismoniy shaxsni tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaramligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrganl