Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) daʼvogarlar — oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi, oʻrmon xoʻjaligi daromadi summalarini (shu jumladan, oʻrmon daraxtlarini oʻsib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek oʻzboshimchalik bilan oʻrmon daraxtlarini kesganlik, pichan oʻrganlik va mollarni oʻtlatganlik uchun jarimalarni) undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan; 3) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha; 4) nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha daʼvolar boʻyicha; 5) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari — “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga ketgan mablagʻlarni tashkilotlardan undirib olish boʻyicha daʼvolar, shu jumladan regress daʼvolar yuzasidan; 6) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq barcha ishlar boʻyicha; 6¹ ) sugʻurta qildiruvchilar (sugʻurtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) — majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar yuza