Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligi; Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash; davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat oʻtkazilishini taʼminlash; davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish; davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovgʻalar olish va berish tartibini belgilash; davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, moddiy taʼminot olishini va ragʻbatlantirilishini taʼminlash. Qonunchilikda davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.