Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 17-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari

Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarida quyidagilar belgilanadi: rahbarlar, boʻysunuvdagilar va boshqa davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasidagi oʻzaro axloqiy munosabatlar; davlat fuqarolik xizmatchisining ishchanlik obroʻsiga va davlat fuqarolik xizmatining nufuziga putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlar (harakatsizlik); davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalari. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzish ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlarining kadrlar boʻlinmalari yoki odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari qonunchilikda belgilanadi. Har bir davlat organi Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari asosida faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzining ichki odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.