Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 22-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri

Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri davlat organi darajasidan (milliy, respublika, hududiy va tuman) kelib chiqqan holda, malaka talablariga muvofiq birxillashtirilgan va tasniflangan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari hamda toifalaridan, shuningdek davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalaridan iborat boʻladi. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi hamda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.