Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalaridan kelib chiqqan holda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining quyidagi malaka darajalari beriladi: Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining toifalari Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari Siyosiy Rahbar kadrlar Oliy darajali maslahatchi 1-darajali maslahatchi 2-darajali maslahatchi 3-darajali maslahatchi Boshqaruv Boshqaruv kadrlari 1-darajali xizmatchi 2-darajali xizmatchi 3-darajali xizmatchi Yordamchi Mutaxassislar 4-darajali xizmatchi 5-darajali xizmatchi 6-darajali xizmatchi Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari (bundan buyon matnda malaka darajalari deb yuritiladi), qoida tariqasida, izchil tartibda, oliy maʼlumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega boʻlgan taqdirda beriladi. Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.