Davlat fuqarolik xizmati tizimida yagona tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qoʻllashning bir xil amaliyotini taʼminlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat organida monitoring oʻtkaziladi. Monitoring davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning davlat organi tomonidan ijro etilishini oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Monitoring natijasida davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tegishli davlat organi rahbariga davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi. Monitoring oʻtkazish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.