Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi

Ushbu Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senati aʼzolarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining, sudyalarning va sud tizimi xodimlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi aʼzolarining, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida xizmatni oʻtayotgan davlat xizmatchilarining, shu jumladan harbiy xizmatchilarning; davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu Qonunning 24 va 43-moddalari diplomatiya xizmati xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu Qonunning 43-moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.