Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 38-modda. Boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazish

Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga oʻtkazish uning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. Tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holatiga koʻra, oʻz egallab turgan lavozimi boʻyicha xizmat majburiyatlarini bajara olmaydigan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning yozma roziligi bilan kasbiy kompetensiyalariga mos boʻlgan va sogʻligʻining holati boʻyicha qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmagan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimi beriladi.