Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 40-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safarlari

Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat vazifasini bajarish uchun davlat organining qaroriga muvofiq muayyan muddatga xizmat safariga yuboriladi. Xizmat safari Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safari davomiyligi davlat organi rahbari tomonidan xizmat vazifasining hajmi, murakkabligi va boshqa jihatlari hisobga olingan holda belgilanadi. Davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat safariga yuborish chogʻida uning lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi, yashash bilan bogʻliq xarajatlar, transport xarajatlari, shuningdek xizmat safari bilan bogʻliq boshqa xarajatlarning oʻrni davlat organi tomonidan qoplanadi. Davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.