Davlat xaridlari toʻgʻrisida 19-modda. Davlat buyurtmachilari

Ushbu Qonun maqsadlari uchun davlat buyurtmachilari deganda quyidagilar tushuniladi: 1) budjet buyurtmachilari: davlat organlari va muassasalari; budjet tashkilotlari; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlarini oluvchilar; davlat maqsadli jamgʻarmalari; budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar; 2) korporativ buyurtmachilar: ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar; ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu moddaning 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar; ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu moddaning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar. Korporativ buyurtmachilar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan yuritiladi va axborot almashinuvi orqali maxsus axborot portalida shakllantiriladi. Davlat buyurtmachisi: mustaqil ravishda yoki ixtisoslashgan tashkilotni jalb etgan holda tovarning (ishning, xizmatning) boshlangʻich narxini belgilash, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; davlat xaridlarini amalga oshirishda oʻz rasmiy veb-saytiga yoki oʻzining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga eʼlon joylashtirish; xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilaridan eng yaxshi takliflarni tanlashni va tenderni oʻtkazishda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish va (yoki) shartnoma majburiyatlarini bajarish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydigan zakalat yoki bank kafolatini kiritishni talab qilish; xarid qilish tartib-taomillarining barcha ishtirokchilariga tatbiq etiladigan takliflarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari takli