Ixtisoslashgan tashkilot davlat buyurtmachisining topshirigʻiga koʻra tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirishni tashkil etish boʻyicha shartnomaga asosan pulli asosda xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxsdir. Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishni tashkil etish maqsadida ixtisoslashgan tashkilotni jalb qilishga haqli. Shartnomaning muhim shartlarini belgilash va shartnomani imzolash faqat davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi. Ixtisoslashgan tashkilotni jalb qilish ushbu Qonunda belgilangan talablar va mezonlar asosida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi. Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak: yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi; ixtisoslashgan tashkilotning muassislari orasida davlat xaridining boshqa subyektlari boʻlmasligi; davlat xaridlarini oʻtkazishni tashkil etish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan bir nafardan kam boʻlmagan xodimga ega boʻlishi; maxsus axborot portaliga ulanish imkonini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalarga ega boʻlishi. Ixtisoslashgan tashkilot davlat buyurtmachisidan xarid tartib-taomillarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun zarur axborotni olish huquqiga ega, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Ixtisoslashgan tashkilot: davlat buyurtmachisining talabiga binoan xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishni tashkil etishning istalgan bosqichida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi; davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga rioya etgan holda xizmatlar koʻrsatishi; davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organning, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning soʻroviga koʻra ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi; xarid qil