Davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: davlat xaridlarini rejalashtirish; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish; shartnomani tuzish va bajarish; davlat xaridlari monitoringi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga va boshqa davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlari asosida “fast-track” usulida (bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.