Davlat xaridlari toʻgʻrisida 36-modda. Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar

Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak: shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi; shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik; soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining maʼlumotlar bazalarida ishtirokchining sud qarorlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligi; oʻziga nisbatan joriy etilgan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi; Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.