Davlat xaridlari toʻgʻrisida 38-1-modda. Markazlashgan davlat xaridlari

Davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish maqsadida bir nechta davlat buyurtmachisi ayni bir turdagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) markazlashgan xaridini markazlashgan xarid organi orqali amalga oshirishi mumkin. Markazlashgan xarid organi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shu jumladan davlat buyurtmachisining tarkibidagi tashkilotlardan belgilanadigan yuridik shaxsdir. Davlat buyurtmachilari markazlashgan xarid organi tomonidan xarid qilingan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olgan taqdirda, davlat buyurtmachilari ushbu Qonunda nazarda tutilgan xarid qilish tartib-taomillariga rioya etgan deb hisoblanadi. Markazlashgan xarid organi tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati maxsus axborot portalida yuritiladi. Davlat xaridlarini amalga oshirishda ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari markazlashgan xarid organi tomonidan buzilgan taqdirda javobgarlik markazlashgan xarid organining zimmasiga yuklatiladi. Markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.