Davlat xaridlari toʻgʻrisida 38-2-modda. Hadli kelishuv

Davlat buyurtmachisi eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalari boʻyicha aniqlanadigan bir nechta gʻolib bilan bir yildan uch yilgacha boʻlgan muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkin. Davlat buyurtmachisi xarid qilish hujjatlarida hadli kelishuvni tuzish shartlarini, shuningdek hadli kelishuvning amal qilish muddati davomida davlat buyurtmachisining kutilayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) umumiy hajmini koʻrsatadi. Bunda davlat buyurtmachisi hadli kelishuvda koʻrsatilgan toʻliq summa uchun shartnoma tuzishga majbur emas. Hadli kelishuvni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.