Davlat xaridlari toʻgʻrisida 41-modda. Xarid qilish hujjatlari va xarid qilish tartib-taomillari yuzasidan tushuntirishlar

Ishtirokchilar xarid qilish hujjatlari va qoʻllanilayotgan xarid qilish tartib-taomili yuzasidan tushuntirishlar olish uchun davlat buyurtmachisiga yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilotga murojaat qilishi mumkin. Davlat buyurtmachisi yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilot xarid qilish hujjatlari va qoʻllanilayotgan xarid qilish tartib-taomili yuzasidan tushuntirish berish toʻgʻrisida soʻrov olganidan keyin soʻralgan tushuntirishlarni ikki ish kuni ichida taqdim etadi. Xarid qilish hujjatlari va xarid qilish tartib-taomili xususida tushuntirishlar xarid qilish hujjatlari va qoʻllanilayotgan xarid qilish tartib-taomili yuzasidan tushuntirish berish toʻgʻrisidagi soʻrovi bilan bir xil shaklda taqdim etiladi.