Davlat buyurtmachisi oʻtkazilgan xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib boʻlgan taklifning aksepti toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Gʻolib boʻlgan taklifning aksepti quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar: davlat xaridlari bekor qilinmagan boʻlsa; gʻolib boʻlgan taklifni yuborgan ishtirokchi chetlatilmagan boʻlsa; xarid qilish tartib-taomillari buzilmagan boʻlsa.