Davlat xaridlari jarayonida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi: agar ishtirokchining va (yoki) ushbu ishtirokchi vakolatli vakilining yaqin qarindoshlari ijrochini tanlash boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlsa, shuningdek davlat buyurtmachisining yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilotning vakili boʻlsa, ishtirokchining davlat xaridlarida ishtirok etishiga; ishtirokchilarni kamsitishga, boshqa ishtirokchilarga zarar yetkazgan holda bir ishtirokchiga imtiyozlar yoki preferensiyalar taqdim etishga, bundan ushbu Qonun 16-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; manfaatlar toʻqnashuviga; davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli boʻlmagan usullarini qonunga xilof ravishda tanlashga, davlat xaridlari subyektlariga taʼsir oʻtkazishga, davlat xaridlarida ishtirokchilarning ishtirok etishi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishga, ularning sonini asossiz ravishda cheklashga yoki ularning malakasiga qoʻyilgan talablarni oshirishga, raqobatga yoʻl qoʻymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning boshqa shakllariga; davlat xaridlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonning matniga ishtirokchilar oʻrtasida raqobatni cheklaydigan qonunga xilof talablarni kiritishga; narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib koʻrsatish maqsadida ishtirokchilarning oldindan til biriktirishiga; ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan axborotni taqdim etishga yoki tarqatishga, shuningdek davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishni asossiz ravishda cheklashga; davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslangan usullarini chetlab oʻtish maqsadida davlat xaridlari hajmini qismlarga boʻlib tashlashga; ishtirokchilarning sunʼiy tarzda pasaytirilgan narxlar boʻyicha takliflar berishiga, keyinchalik shartnomani imzolashni yoki uni tegishli tarzda bajarishni rad etishiga; davlat xaridi tarkibiga texnologik va funksional jihatdan oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritishga; firibgar