Davlat xaridlari toʻgʻrisida 5-modda. Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari

Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: kasbiy mahorat va masʼuliyatlilik; asoslanganlik; moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi; ochiqlik va shaffoflik; raqobat va xolislik; mutanosiblik; barqarorlik; davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi; korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik. Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qoʻllanilishi kerak.