Davlat xaridlari toʻgʻrisida 51-2-modda. Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha shartnoma tuzish

Davlat buyurtmachisi kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirish asoslarini, shuningdek tuzilgan shartnomalar va ularga doir qoʻshimcha kelishuvlar toʻgʻrisidagi axborotni ular tuzilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay maxsus axborot portaliga joylashtiradi. Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha shartnoma davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining taklifida koʻrsatilgan shartlar asosida hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narx boʻyicha tuziladi.