Davlat xaridlari toʻgʻrisida 55-modda. Auksionni oʻtkazilmagan deb eʼlon qilishning umumiy tartibi va oqibatlari

Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan boʻlsa yoki hech kim ishtirok etmagan boʻlsa, auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanadi va gʻolib aniqlanmaydi. Davlat buyurtmachisi auksionni uch ish kuniga uzaytirishi yoki xaridni ushbu Qonun talablariga muvofiq elektron doʻkon vositasida (ushbu Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoki kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili (ushbu Qonunning 51¹-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoxud eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi mumkin. Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom boʻlgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi.