Tanlash vositasidagi davlat xaridi toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan cheklanmagan miqdordagi shaxslarga maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek davlat buyurtmachisining xohishiga koʻra — uning rasmiy veb-saytiga yoki uning yuqori turuvchi organining rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalarida tanlash oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni va tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini joylashtirish yoʻli bilan maʼlum qilinadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan davlat buyurtmachilariga tender oʻtkazmasdan xaridlarni amalga oshirish huquqi beriladigan boʻlsa, tanlash oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon faqat davlat xaridiga doir texnik topshiriq boʻyicha Kompleks ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasi olinganidan keyin joylashtiriladi. Tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon va tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari davlat buyurtmachisi tomonidan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida besh ish kuni oldin maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek davlat buyurtmachisining xohishiga koʻra — oʻzining rasmiy veb-saytiga yoki oʻzining yuqori turuvchi organining rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladi. Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) oʻziga xos xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqib, davlat buyurtmachisi tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni ushbu moddaning uchinchi qismida belgilanganiga nisbatan uzoqroq muddatga joylashtirishga haqli. Tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon quyidagi axborotlarni oʻz ichiga olishi kerak: tanlashni oʻtkazish shakli; tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va boshlangʻich narxi; tanlash oʻtkaziladigan joyning manzili; ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar; davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan bogʻlanish uchun aloqa bogʻlovchi sh