Davlat xaridlari toʻgʻrisida 60-modda. Tanlash ishtirokchilarining takliflarini berish tartibi

Tanlash ishtirokchilarining takliflari eʼlonda va tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan tartibda ularning davlat xaridlari elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali, eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda tanlash oʻtkazish chogʻida tanlash ishtirokchilarining takliflarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Taklifda davlat xaridi obyekti boʻlgan tovar eskizining, rasmining, chizmasining, fotosuratining va boshqa materiallarning elektron shakli boʻlishi mumkin. Tanlash ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi. Tanlash ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli. Tanlash uchun takliflarni qabul qilish maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimida chop etilgan eʼlonda koʻrsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi.