Davlat xaridlari toʻgʻrisida 61-modda. Tanlashni oʻtkazish

Agar tanlashda ishtirok etish uchun takliflarni taqdim etish muddati tugagan paytda faqat bitta taklif taqdim etilgan yoki birorta ham taklif taqdim etilmagan boʻlsa, tanlash oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Bunda davlat buyurtmachisi ushbu Qonun talablariga muvofiq yangi tanlash oʻtkazishi yoxud elektron doʻkon (ushbu Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoki kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili (ushbu Qonunning 51 1 -moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoxud auksion orqali xaridni amalga oshirishi mumkin. Eʼlonda tanlash oʻtkaziladigan vaqt sifatida koʻrsatilgan vaqtda davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlash takliflarini tashkil etadigan elektron hujjatlarni koʻrish imkoniyatini beradi. Davlat xaridlarining elektron tizimi ishtirokchi taklif etgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini tekshiradi. Agar ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek biriktirilishi zarur boʻlgan hujjatlarni toʻldirish va joylashtirish uchun majburiy boʻlgan boʻsh maydonlar mavjud boʻlsa, davlat xaridlarining elektron tizimi aniq sababni koʻrsatgan holda, ishtirokchining taklifini rad etadi. Biriktirilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning tanlash ishtirokchisining taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining masʼul kotibi tomonidan amalga oshiriladi. Agar xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilardan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan kamida ikkita taklif olingan boʻlsa, tanlash oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Ishtirokchilarning barcha takliflari tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlar asosida baholanadi va tanlash oʻtkazish bayonnomasida qayd etiladi. Tanlash ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn