Davlat xaridini ikki bosqichli davlat xaridlari oʻtkazish orqali amalga oshirish uchun kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. Agar majlisda xarid komissiyasi aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, xarid komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Barcha qabul qilingan qarorlar bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.