Ikki bosqichli davlat xaridlarining natijalari boʻyicha shartnoma tuziladi. Ikki bosqichli davlat xaridlarining natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga ular tuzilgan sanadan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.