Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya aʼzolarida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari bilan manfaatlar toʻqnashuvi, shuningdek affillanganlik mavjud boʻlgan taqdirda, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning bunday aʼzosi bu masala koʻrib chiqilgan majlisda oʻzini oʻzi rad etishi va mazkur masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya majlisining bayonnomasida qayd etiladi. Agar Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga mazkur komissiya aʼzosining manfaatlar toʻqnashuvi, shuningdek affillanganligi mavjudligi tegishli masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar maʼlum boʻlib qolgan boʻlsa, uning oʻzi esa oʻzini oʻzi rad etmagan boʻlsa, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya bunday aʼzosining mazkur masala boʻyicha ovoz berishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar qaror qabul qilinganidan keyin Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga tegishli masala boʻyicha ovoz bergan mazkur komissiya aʼzosining manfaatlar toʻqnashuvi, shuningdek affillanganligi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlib qolsa, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning bunday aʼzosi ovozi mazkur masala boʻyicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlanadi. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya raisi ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotni kiritadi.