Davlat xaridlari toʻgʻrisida 79-modda. Shikoyatlarni berish va koʻrib chiqish tartibi

Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya shikoyatni qabul qilib olganda shikoyat kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida shikoyat haqida davlat buyurtmachisini xabardor qiladi hamda xarid qilish tartib-taomilini oʻn ish kunigacha boʻlgan umumiy muddatga toʻxtatib turadi. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya shikoyatni davlat buyurtmachisi va ishtirokchining ishtirokida koʻrib chiqadi, bundan ishtirokchi shikoyatni uning ishtirokisiz koʻrib chiqishga rozilik bildirgan yoki uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan hollar mustasno. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya shikoyat olinganidan keyin yetti ish kuni ichida u boʻyicha qaror chiqarishi va bu haqdagi axborotni maxsus axborot portalida joylashtirishi kerak. Qabul qilingan qarorda oshkor etilishi ishtirokchining (ijrochining) tijoratga oid manfaati buzilishiga olib keladigan yoki insofli raqobatga xavf soladigan axborot boʻlmasligi kerak, bundan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya ushbu axborotni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror chiqargan hollar mustasno. Ishtirokchining shikoyati asosli deb topilgan taqdirda, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya quyidagi choralarni koʻrishi mumkin: davlat buyurtmachisining qonunga xilof harakatlariga, qarorlariga yoki u tomonidan qonunga xilof tartib-taomillar bajarilishiga doir taqiq belgilash; davlat buyurtmachisining qonunga xilof qarorlarini, shu jumladan davlat xaridlari sohasidagi hujjatlarning shartlarini buzadigan qarorlarini qisman yoki toʻliq bekor qilish; xarid qilish tartib-taomillarini tugatish haqida qaror chiqarish; ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning qarorlari davlat xaridlarining barcha subyektlari tomonidan ijro etilishi shart. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlar