Davlat xaridlari toʻgʻrisida 81-modda. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Davlat xaridlari subyektlari va ularning mansabdor shaxslari ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi va shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun javobgar boʻladi. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.