Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida 13-modda. Axborot vositachisi

Elektron hujjat aylanishi bilan bogʻliq xizmatlarni shartnoma asosida koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs axborot vositachisidir. Axborot vositachisi, agar elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron hujjatlar mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini oʻzgartirishga haqli emas.