Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; elektron hujjatni joʻnatuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni joʻnatuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; elektron hujjatni joʻnatuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonunchilikda yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.