Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning amal qilishi: tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; birja faoliyati uchun litsenziyalarga ega boʻlgan birjalarda tuziladigan kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.