Shartnoma shartlari aniq, tushunarli shaklda davlat tilida shakllantirilishi kerak. Zarur boʻlganda ular davlat tili bilan bir vaqtda taraflar uchun qulay boʻlgan boshqa tillarda ham tuzilishi mumkin. Shartnoma shartlarida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin: hujjatlarni tuzish usuli hamda elektron hujjatlarni (elektron xabarlarni) oʻzaro almashish tartibi; hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiya qilish va shaxsini tasdiqlash imkonini beradigan usullarning ishonchliligini tekshirish tartibi; shaxsga doir maʼlumotlardan va tarqatilishi cheklangan boshqa axborotdan foydalanish tartibi.