Elektron tijorat toʻgʻrisida 27-modda. Elektron tijoratda toʻlangan mablagʻlarni xaridorga qaytarishning oʻziga xos xususiyatlari

Agar shartnoma taraflarining kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, xaridor tomonidan toʻlangan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq toʻlash qanday shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi. Shartnomaga muvofiq xaridor tomonidan toʻlangan pul summasini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar sotuvchining zimmasiga yuklatiladi. Agar shartnoma bekor qilinganidan keyin xaridor toʻlagan pul summasi shartnomada belgilangan muddat ichida sotuvchi tomonidan xaridorga qaytarilmasa, sotuvchi xaridorga shartnomada belgilangan muddatlardan ortiq har bir kechiktirilgan kun uchun qaytarilishi lozim boʻlgan pul summasining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi. Bunda neustoykaning (penyaning) miqdori qaytarilishi lozim boʻlgan pul summasidan oshib ketishi mumkin emas. Neustoyka (penya) toʻlanganligi sotuvchini shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan majburiyatlardan ozod etmaydi.