Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: elektron tijorat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi; davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi; elektron tijoratda amalga oshirish chogʻida muomaladan olib qoʻyilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini tasdiqlaydi; elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.