Tibbiy faoliyat tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan, farmatsevtika faoliyati esa tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.