Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sogʻliqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar fuqarolarning sogʻligʻi saqlanishini taʼminlaydi. Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qatʼi nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.