Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 20-modda. Harbiy xizmatchilar, harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan hamda harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan fuqarolarning huquqlari

Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtish hamda harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida harbiy xizmatdan muddatidan ilgari boʻshatilish huquqiga ega. Harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan yoki harbiy xizmatga kontrakt boʻyicha kiradigan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan oʻtadi hamda sogʻligʻiga koʻra harbiy xizmatga chaqiruvni kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod etilish huquqini beradigan tibbiy maʼlumotlar toʻgʻrisida toʻliq axborot olish huquqiga ega.