Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 27-modda. Tibbiy aralashuvni rad etish

Fuqaro yoki uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning toʻxtatilishini talab qilish huquqiga ega, ushbu Qonunning 28-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda shifokor yozma tasdiqnoma olishga, agar tasdiqnoma olishning iloji boʻlmasa — tibbiy aralashuvni rad etishni guvohlar ishtirokida tegishli dalolatnoma bilan guvohlantirib olishga haqlidir. Basharti tibbiy aralashuvni bemorning qonuniy vakili rad etsa va bu hol bemor uchun ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlsa, shifokor bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor qilishi shart.