Ixtisoslashgan tibbiy yordam profilaktika, tashxis qoʻyish, davolashning va murakkab tibbiy texnologiyalardan foydalanishning maxsus usullarini taqozo etuvchi kasalliklarga chalingan fuqarolarga koʻrsatiladi. Ixtisoslashgan tibbiy yordam davolash-profilaktika muassasalarida mutaxassis shifokorlar tomonidan koʻrsatiladi. Sogʻliqni saqlash muassasalarida koʻrsatiladigan ixtisoslashgan tibbiy yordamning turlari, hajmi va sifat standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.