Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 40-modda. Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish va odamning oʻlgan vaqtini aniqlash

Patologik-anatomik tadqiqotlar sogʻliqni saqlash muassasalarida odam hayotligida hamda oʻlganidan soʻng tashxis qoʻyish (biopsiya va autopsiya), shuningdek, klinik sharoitda tashxis qoʻyish va kasallikni davolash ishlarining toʻgʻri olib borilganligini nazorat qilish, oʻlim sabablari haqida aniq maʼlumotlar olish maqsadida oʻtkaziladi. Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish va odamning oʻlgan vaqtini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

V. TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI